Kitob haqida
Kay-Fu Li sun’iy intellekt sohasidagi taniqli mutaxassislardan biridir. Uzoq va yorqin faoliyati davomida u AQShdagi Silikon vodiysi va Xitoyning IT-sohasi qanday ishlashini ich-ichidan o‘rgangan, shuning uchun sun’iy intellekt poygasida kim va nima sababdan g‘alaba qozonishi haqida ishonch bilan bashorat qiladi.
Ammo bu g‘alaba butun dunyo bo‘ylab ishsizlik va misli ko‘rilmagan ijtimoiy tabaqalanishga olib kelishi mumkin. Falokat deyarli muqarrar, ammo jiddiy shaxsiy inqirozdan so‘ng Kay-Fu Li kutilmagan yechim topdi. Uni aqlli mashinalar armiyasi emas, balki insoniylik va mas’uliyat belgilaydi.

