Anatomik shakldagi SUMI tagliklari yon tomonlardagi qulay yopishtirgichlar bilan taglikni almashtirish jarayonini tez va oson qiladi.
Elastik “quloqchalar” taglikni chaqaloq tanasiga mahkam, ammo qulay tarzda joylashtiradi, harakatni cheklamaydi va faol o‘yin vaqtida isHonchli himoya va qulaylikni ta’minlaydi.
Maxsus himoya to‘sig‘chalar bolakayning oyoqlarini tirnamaydi va suyuqlik sizib chiqishining oldini oladi.
Ultra yumshoq to‘qilmagan mato, paxtadek mayin bo‘lib, nozik chaqaloq terisiga g‘amxo‘rlik qiladi. Bu esa taglikni kunduzgi yoki tungi foydalanishda maksimal qulaylik va himoya bilan ta’minlaydi.
SUMI tagliklarining keng o‘lcham diapazoni tufayli siz o‘z farzandingiz uchun mos o‘lchamni osongina tanlashingiz mumkin.
Yapon texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan SUMI tagliklari mukammal sifatni maqbul narxda taklif etadi.
Super singdiruvchi qatlam namlikni atigi 1 soniyada o‘ziga shimib oladi va chaqalog‘ingiz uchun 12 soatgacha quruqlikni ta’minlaydi. Bu esa siz va farzandingiz uchun xotirjam uyquni kafolatlaydi.
Taglikning bel qismi elastik bo‘lib, harakatni cheklamaydi. Tashqi qatlamda ho‘llik indikatori mavjud — u rangini o‘zgartirib, taglikni almashtirish vaqti kelganini bildiradi.

