Go‘zalligi va dilrabo ovozi tufayli bu yosh ayol shaxsan turk Sultonining haramiga xarid qilinib, unga «quvonch ulashuvchi» ma’nosini anglatuvchi Hürrem nomi berildi. Sulton o‘zining sevimli — va o‘zini chin dildan sevgan — kanizagini qimmatbaho javohirlarga ko‘mib tashladi. Hashamatli haram havosi kuchli ehtiros bilan birga, hasadgo‘y kanizaklar hamda Bosh vazir Ibrohim Poshoning xiyonati, nafrati va g‘arazli niyatlari bilan ham to‘yingan edi. Go‘zal va aqlli Hürrem ham o‘ziga, ham farzandlariga tahdid solayotgan xavfni kechayu kunduz chuqur anglab turardi. Dushmanlarini yo‘q qilib, safdoshlar orttirgan holda, u o‘z hayoti va Sulton Sulaymonning muhabbatiga bo‘lgan huquqini himoya qilish uchun qo‘lidan kelgan barcha vositalar bilan kurashdi...

