Bolalar va kattalar uchun mo'ljallangan yoqimli va antiqa baozi (manti) ko'rinishidagi antistress o'yinchoq! Yumushoq va qayishqoq silikon materiali sababli uni xohlagancha g'ijimlash, cho'zish va shaklini o'zgartirish mumkin. Stress va charchoqni chiqarish, qo'l motorikasini rivojlantirish hamda kayfiyatni ko'tarish uchun juda zo'r yechim. Maxsus plastmassa mantipaz (parovarka) idishida saqlanishi mahsulotga yanada qiziqarli va original ko'rinish beradi.
Asosiy afzalliklari:
- Xavfsiz va sifatli material: Oziq-ovqat va bolalar uchun xavfsiz bo'lgan yumshoq gipoallergen silikondan tayyorlangan. Hid chiqarmaydi va sog'liq uchun zararli emas. Qo'lda ushlab harakatlantirganda miyada ham qon aylanishini yaxshilaydi.
- Original dizayn: Xitoy baozi mantisiga o'xshash yoqimli yuzlik (mordochka) va maxsus mini-mantipaz idishi bilan birga keladi.
- Antistress va relaks: Ishda, o'qishda yoki kun davomida toplangan stress va asabiylikni yengillashtirishga yordam beradi.
- Qo'l motorikasini rivojlantiradi: Bolalarda barmoq va kaft mushaklarini, nozik motorikani va diqqatni jamlashni rivojlantirishda yordam beradi.
- Oson tozalanadi: Kir bo'lganda uni oddiy suv va sovun bilan yuvish yetarli. Yuvgandan so'ng yana o'zining dastlabki holatiga qaytadi.
Xususiyatlari:
- Material: Xavfsiz, yumshoq silikon / TPR material
- Jamlanma: 1 dona antistress manti o'yinchog'i + 1 dona idish-konteyner
- Yoshi: 3 yoshdan katta bolalar va kattalar uchun
- Parvarish: Suvda oson yuviladi (ozgina tal'k yoki detskiy prisipka sepilsa, yopishqoqligi yo'qoladi va yumshoqligi ortadi).