AIKO Celine yozuv stoli — uy va ofis uchun zamonaviy hamda funksional yechim. U o‘qish, kompyuterda ishlash yoki o‘yinlar uchun juda qulay. Zamonaviy dizayni har qanday interyerga mos tushib, qulay ish muhitini yaratadi.
Stol usti yuqori sifatli Kronospan (Avstriya) LДSP materialidan tayyorlangan bo‘lib, kundalik foydalanishga va yuklamalarga chidamli. Oyoqlari tabiiy yog‘ochdan — Sibir listvennitsasidan ishlangan va himoya lak bilan qoplangan, bu esa mustahkamlik va uzoq xizmat muddatini ta’minlaydi.
Qulaylik uchun ichiga o‘rnatilgan tortma mavjud bo‘lib, u Hettich (Germaniya) furniturasi bilan jihozlangan — sokin va ravon ochiladi. Konstruktsiyada Italiya ishlab chiqarilgan yashirin mahkamlash elementlari va Turkiya ishlab chiqarilgan sifatli boltlar qo‘llanilgan, bu esa mustahkamlik va chiroyli ko‘rinishni ta’minlaydi.
Stol to‘liq yig‘ilgan holda yetkazib beriladi — uni yig‘ishga vaqt sarflash shart emas, darhol foydalanishingiz mumkin.
Biz ishlab chiqaruvchimiz — AIKO kompaniyasi, shuning uchun sifatga ishonamiz va 12 oy kafolat beramiz.

