"Quvnoq Dubl Klassika" rivojlantiruvchi stol o'yini (5+)
"Quvnoq Dubl Klassika" — bu bolalar va butun oila uchun mo'ljallangan diqqat, xotira va tezkorlikni rivojlantiruvchi quvnoq kartochkali o'yin! Har bir dumaloq kartochkada 8 ta rasm bor va istalgan ikkita kartochka orasida faqat bitta umumiy rasm mavjud. O'yinchilarning vazifasi — ushbu o'xshashlikni hammadan tezroq topish!
Afzalliklari va xususiyatlari:
Ikki tilda o'rganish: Barcha buyumlar rus va ingliz tillarida (transkripsiyasi bilan) yozilgan bo'lib, bolaning so'z boyligini oshirishga yordam beradi.
Muhim ko'nikmalarni rivojlantiradi: O'yin ko'rish xotirasi, tezkor reaksiya, diqqatni jamlash va muloqot qilish qobiliyatini oshiradi.
5 xil o'yin varianti: To'plamda 5 ta har xil mini-o'yin qoidalari mavjud.
Aniq va yorqin rasmlar: Bolaga tanish bo'lgan 57 ta turli xil buyumlar rasmlari (kiyimlar, transport, ovqatlar va boshqalar).
IXcham o'lcham: Yo'lda, mehmondorchilikda yoki dam olishda o'ynash uchun juda qulay.
To'plam tarkibi:
57 ta dumaloq kartochka (diametri 8.5 sm)
O'yin qoidalari yozilgan yo'riqnoma
IXcham quti
Yoshi: 5 yoshdan katta bolalar uchun
O'yinchilar soni: 2 tadan 8 tagacha
O'yin vaqti: 10–15 daqiqa

