Siz oilaviy kechalarni unutilmas va zavqli o'tkazishni xohlaysizmi? Mashhur va sevimli stol o'yinlari har bir xonadonga quvonch va hayajon olib keladi. Dunyo bo'ylab millionlab insonlar yoqtiradigan jenga o'yini yoshu qariga birdek manzur bo'ladi.
Ushbu klassik stol o'yini yog'och bloklardan balansli minora qurish va ularni birma-bir sug'urib olib, tepaga qo'yishdan iborat. Yiqilmaydigan eng baland piramida qurgan va epchillik ko'rsatgan o'yinchi g'olib chiqadi. Tabiiy yog'ochdan tayyorlangan block detallari qo'lga yoqimli tegadi va uzoq vaqt xizmat qiladi.
Ushbu piramida o‘yinchoq nafaqat ko'ngilochar vosita, balki ajoyib rivojlantiruvchi mashg'ulotdir:
O'yin 3 yoshdan oshgan bolalar, o'smirlar va kattalar uchun stol o‘yinlari qidirayotganlar uchun birdek ideal tanlovdir. Oila a'zolari, do'stlar yig'ilishi, tug'ilgan kunlar hamda bayram tadbirlariga ajoyib shukuh bag'ishlaydi. Shuningdek, maktabgacha ta'lim maskanlari va bolalar rivojlanish markazlarida foydalanish uchun ham juda mos.
Agarda siz sifatli va qiziqarli board games yoki ajoyib sovg'a izlayotgan bo'lsangiz, ushbu jengo minorasi to'g'ri qarordir. Qiziqarli stol uyinlari orqali yaqinlaringiz bilan birga samimiy va hayajonli damlarni o'tkazing!

