Zamonamizning buyuk mutafakkirlaridan biri Stiven Hokingning ilmiy-ommabop janrdagi ushbu muhim asari quyidagi chuqur mazmunli savollarni o‘rtaga tashlaydi: Koinot qanday vujudga kelgan va uning boshlanishiga nima imkon yaratgan? Vaqt doimo oldinga qarab oqadimi? Koinot cheksizmi yoki uning chegaralari bormi? Fazoda boshqa o‘lchamlar mavjudmi? Hammasi yakun topganda nima yuz beradi?

