FLOWER HYPNOTIQUE parfyumeriya suvi, 46 ml
Jozibali va mast qiluvchi notalarga ega nihoyatda hissiyotli gul ifori go‘yo sehrli joziba bilan o‘ralgan. Aromaning boshlanishi bergamotning tetiklantiruvchi va biroz achchiq notalari bilan ochiladi. Shirin va baxmaldek yumshoq shaftoli lichi bilan nafis tarzda uyg‘unlashadi. Biroz vaqt o‘tgach, bu yorqin akkord barqaror jasmin, hushbo‘y va serhasham pion hamda yengillik bag‘ishlovchi apelsin guli notalariga o‘rin beradi. Yakunda esa yerimsimon dub moxi va maftunkor muskning yog‘ochsimon ohanglari namoyon bo‘ladi.
Aromat oilasi: gulli-mevali
Yuqori notalar: bergamot, lichi, shaftoli
O‘rta notalar: jasmin, pion, apelsin guli
Baza notalar: yog‘och notalari, mox, musk
NAKED GODDESS parfyumeriya suvi, 46 ml
NAKED GODDESS — selektiv parfyumeriyaning eng yaxshi an’analarida yaratilgan ilohiy aromat: u bir vaqtning o‘zida pudrali, jasminli, gulli, biroz shirin, ziravorli va ambrali ohanglarga ega.
Kompozitsiya ochilishida pushti qalampir, koriandr va qora smorodinaning jozibali akkordlari seziladi.
Yurak notalarida jasmin, chinnigul, tuberoza va gardeniya gulli ohanglari namoyon bo‘ladi.
Aromat bazasi esa opoponaks (shirin mirra), geliotrop, ladan va ambra kabi pudrali-smolali notalar bilan kompozitsiyani yakunlaydi.
Bu aromat yorqin hislar va assotsiatsiyalarni uyg‘otadi: o‘ynoqi, jozibali, maftunkor, ayollik va hayajonli.
Filonining ivory rangidagi dizayni tana, teginish va hissiylikni eslatadi.
SUMMER ORCHID parfyumeriya suvi, 46 ml
SUMMER ORCHID aromatining iliq va yorqin tabiati kuchli va jozibali ayol xarakteriga juda mos keladi. Achchiq apelsin va pushti qalampir notalari kiparisning yangiligi bilan uyg‘unlashib aromatni ochadi. Qizil liliya va tuberozaning yorqin shleyfi atrofdagilarni o‘ziga tortadi, go‘yo sirenalar qo‘shig‘i kabi sehrlab qo‘yadi. Yakuniy akkord esa shirin qaymoq, vanil, biroz achchiq kashtan va romantik orxideya notalarining jozibali uyg‘unligidan iborat.
Aromat oilasi: sharqona-gulli
Yuqori notalar: pushti qalampir, apelsin, kiparis
O‘rta notalar: qizil liliya, tuberoza
Baza notalar: vanil, pachuli, kashtan, orxideya
MIDNIGHT BALL parfyumeriya suvi, 46 ml
MIDNIGHT BALL — bu tasavvurlarni uyg‘otuvchi va qiziqarli kechki sarguzashtga o‘xshash aromat.
Aromatning har bir qirrasi hayrat uyg‘otadi va o‘ziga yetaklaydi, his-tuyg‘ular va taassurotlar bilan boyitadi. Dastlabki notalar tezkor raqs kabi hayajon uyg‘otadi. So‘ngra ularni gulli yengillik egallaydi va hissiyotlarga boy ohanglar kompozitsiyani yagona uyg‘un simfoniyaga aylantiradi.
Boshlanishida qora smorodina va biroz achchiq apelsin guli aromatga temperament bag‘ishlaydi.
Yurak notalarida jasminning tetikligi va binafshaning romantik ohanglari eshitiladi.
Shleyfda esa musk va vetiverning mast qiluvchi va chuqur ohanglari yangraydi.
Indigo rangidagi flakon aromatning chuqurligi va sirli tabiatini aks ettiradi.
VANILLE & TOBACCO parfyumeriya suvi, 46 ml
VANILLE & TOBACCO boylik va hashamat muhitini eslatuvchi aromat bo‘lib, go‘yo hashamatli kechadagi davralar orasida yoyilib turgandek taassurot qoldiradi. Kompozitsiya yuqori akkordlarda tamaki barglarining tutunli-ziravorli ohanglari va sharqona ziravorlarning iliq jozibasi bilan ochiladi.
Vaqt o‘tishi bilan vanil ustunlik qila boshlaydi va u baxmaldek kakao hidi, tutunli-qaymoqli tonka dukkaklari hamda ipakdek nozik tamaki gullari aromati bilan uyg‘unlashadi.
Finalda esa quritilgan mevalarning shirin-tutunli hidi iliq yog‘och notalari bilan boyib, xotirjamlik, uyg‘unlik va ishonch hissini yaratadi.
Qo‘llash usuli: Parfyumeriya suvini terining sizga qulay bo‘lgan joylariga purkash mumkin: bo‘yin, soch osti, quloq orqasi, dekolte zonasi yoki bilaklarga.

