Kitob haqida
Nyu-York shtatining Xemptons tumanidagi okean sohilida joylashgan hashamatli Orfea kurort shaharchasi sokin va shinam joy bo‘lib, unda deyarli hech narsa sodir bo‘lmaydi. 1994-yil 30-iyulgacha shunday edi. O‘shanda, birinchi teatr festivali ochilgan kuni shafqatsiz ommaviy qotillik sodir bo‘lgan edi: shahar hokimi, uning rafiqasi va o‘n yoshli o‘g‘li, shuningdek, tasodifan yaqin atrofda bo‘lgan ayol o‘z uyida otib ketilgan.
Tergovni yosh va shijoatli politsiyachilar - Jessi Rozenberg va Derek Skott olib borishdi. Ular qotilni qo‘lga tushirishga va ishonchli dalillar to‘plashga muvaffaq bo‘lishdi. Ish yopilgandek ko‘rindi. Ammo oradan yigirma yil o‘tgach, Stefani Meyler ismli jurnalist Jessi bilan bog‘lanib, o‘shanda ular dahshatli xatoga yo‘l qo‘yib, muhim bir narsani e’tibordan chetda qoldirganliklarini aytadi. Politsiyachilar tafsilotlarni bilishga ulgurishmaydi: Stefani shubhali holatlarda to‘satdan g‘oyib bo‘ladi...

