Ttech tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy va sifatli Start-Stop tizimi.
Mahsulot haqida to‘liq ma’lumot olish uchun QR-kodni skanerlang.
Avtomobilingizni qulay, xavfsiz va ishonchli tarzda ishga tushirish va o‘chirish imkonini beradi.
✅ Yuqori sifatli komponentlar
✅ 2 yil kafolat
✅ Magicar signalizatsiyasi bilan to‘liq mos
✅ Mashinaning standart pulti orqali ham avtozapusk mumkin
✅ Avtozapusk (masofaviy ishga tushirish) funksiyasi
⚙️ Asosiy imkoniyatlar:
🔹 Avtozapusk:
- Avtomobilning standart pulti orqali 3 marta qulfni bosganda motor ishga tushadi va 10 daqiqadan so‘ng avtomatik o‘chadi.
- 10 daqiqa ichida tormoz yoki Start-Stop tugmasi bosilsa, motor o‘chmaydi.
- Motor ishlayotganida ham pultdan qulfni ochish mumkin, pult bloklanmaydi.
- Security system (ko‘k sim) ga 3 marta minus yoki plus impuls berilsa, motor ishga tushadi.
🔹 Function Set tugmasi rejimlari:
- 1-marta bosilganda — ko‘k simga 3 ta minus orqali start rejimi
- 2-marta bosilganda — ko‘k simga 3 ta plus orqali start rejimi
- 3-marta bosilganda — Magicar uchun mos rejim
🔹 Start-Stop tugma ishlashi:
- 1-marta bosilganda — magnitofon yonadi (ACC)
- 2-marta bosilganda — pechka va konditsioner yonadi (ON)
- 3-marta bosilganda — hammasi o‘chadi (OFF)
🔹 Tormoz bilan Start-Stop tugma birga bosilganda:
- Uzatma qutisi D holatida bo‘lsa — 2 ta ogohlantiruvchi signal va motor o‘t olmaydi.
- Uzatma qutisi P holatida bo‘lsa — 1 ta signal va motor o‘t oladi.
- Harakat paytida Start-Stop tugmasi ishlamaydi (xavfsizlik).
- Motorni faqat tormoz + Start-Stop tugmasi orqali o‘chirish mumkin.
🔹 Qo‘shimcha funksiyalar:
- Start-Stop tugmasini 7 soniya bosib turib motorni ishga tushirish mumkin → tormoz legushkasi ishlamasa ham foydali.
- Motor o‘t olgan holatda 7 soniya bosib turilsa — motor o‘chadi.
💡 Start-Stop tugmasi chiroq ranglari:
- Mashina qulflanganda — barcha chiroqlar o‘chiq.
- Qulfdan ochilganda — ko‘k chiroq yonadi.
- ACC holatida — oq va ko‘k chiroq birga yonadi.
- Motor o‘t olganda — oq + ko‘k + qizil chiroq yonadi.
- Motor o‘chganda — qizil chiroq o‘chadi.