Ko‘p funksiyali sport va sayohat sumkasi — mashg‘ulotlar, fitnes, basseyn, xizmat safarlari va sayohatlar uchun ideal tanlov. Sumka yuqori sifatli, suv o‘tkazmaydigan va chidamli matodan tayyorlangan bo‘lib, buyumlaringizni namlik hamda changdan ishonchli himoya qiladi.
Asosiy afzalliklari:
- Alohida poyabzal bo‘linmasi: Krossovka yoki shippaklarni toza kiyimlardan alohida va gigiyenik saqlash imkonini beradi.
- Xol kiyimlar uchun suv o‘tkazmaydigan cho‘ntak: Suv o‘tkazmaydigan maxsus bo‘linma sochiq, cho‘milish kiyimlari yoki mashg‘ulotdan keyingi nam kiyimlar uchun juda qulay.
- Keng sig‘im va qulaylik: Asosiy bo‘linmaga sport formasi, aksessuarlar, kosmetichka va boshqa zarur buyumlar bemalol sig‘adi.
- Sayohatlar uchun qulaylik: Chamadon tutqichiga mahkamlash uchun maxsus tasmasi mavjud. Samolyotda qo‘l yuki (ручная кладь) sifatida foydalanish uchun juda mos keladi.
- Mustahkamlik: Mustahkamlangan tutqichlar, sifatli zamoklar va yelkada ko‘tarish uchun tartibga solinuvchi qulay tasma.
Erkaklar va ayollar uchun mos keladi (uniseks). Zall, fitnes, basseyn, krossfit, sayohat va kundalik foydalanish uchun ajoyib tanlov.


