Sport kisteboy bintlari (bandajlari) bilan bo‘g‘imlaringizni himoya qiling va yangi vaznlarni zabt eting!
Elastik kiste bintlari — og‘ir atletika, pauerlifting, bodibilding, krossfit va fitnes bilan shug‘ullanuvchilar uchun ajralmas aksessuardir. Ular bilak bo‘g‘imlarini mustahkam va ishonchli mahkamlab, intensiv mashg‘ulotlar paytida cho‘zilish va jarohat olish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.
Kimlar uchun mos?
Shtangani yotgan holda ko‘tarish (jim leja), shtanga bilan o‘tirib-turish, armiya jimi, shuningdek, boks, vorkaut va krossfit mashqlari uchun ideal. Ham yangi boshlagan sportchilar, ham professionallar uchun birdek to‘g‘ri keladi.
Afzalliklari:
Ishonchli fiksatsiya: Neylon va spandeks aralashmasidan tayyorlangan maxsus elastik mato qon aylanishini buzmagan holda zich kompressiya hosil qiladi.
Foydalanishga qulay: Bosh barmoq uchun mo‘ljallangan maxsus petlya bintni bir qo‘lda osongina va tez o‘rash imkonini beradi.
Universal o‘lcham: Keng va mustahkam yopishqoq tasma (lichka) bandajni mahkam ushlaydi va har qanday bilak o‘lchamiga moslab tortish darajasini sozlash imkonini beradi.
Jamlanma: Paketda bir juft (2 dona) bint mavjud — chap va ong qo‘l uchun.
Xususiyatlari:
Paketdagi miqdori: 2 dona (bir juft)
Material: Neylon, poliester, spandeks
O‘lchami: Universal
Rangi: Qora-qizil

