
Ikki qismli sport kostyumi: tik yoqali, toʻliq zamokli olimpiyka va beli rezinkali, choʻntakli shim. Ikkala qismining yon tomonlarida oq chiziqlar bor.
100% paxta — tabiiy mato, teri nafas oladi. Shimi keng, oyoqni siqmaydi. Shimning beli rezinkali, bola oʻzi oson kiyadi va yechadi. Zamok yoqagacha yopiladi, salqin kunlarda boʻyinni ham yopadi.
Maktabdagi jismoniy tarbiya darsi, sport toʻgaraklari, sayr va har kungi kiyim uchun. Bahor, kuz va qishda kiyiladi.
Toʻq koʻk va qora. Oʻlchamlar: 7, 8, 9, 10 va 11 yosh. Oʻlchamni bolaning boʻyiga qarab tanlang — «Oʻlchamlar» boʻlimidagi jadvalga qarang.
Olimpiyka — 1 dona, shim — 1 dona.

