Amortizator avtomobil yurish qismining elementi bo‘lib, uning vazifasi notekisliklardan o‘tishda, shuningdek, tezlashish va tormozlanish paytida kuzovning tebranishini so‘ndirishdir. Seriyali ishlab chiqariladigan yengil modellarda har bir g‘ildirak tokchasiga bittadan amortizator o‘rnatiladi. O‘ta murakkab sharoitlarda harakatlanish uchun tayyorlangan yo‘ltanlamaslarda amortizatorlar soni ikki barobar ortishi mumkin.

