Soyali Qur'on — yozib o'rganish uchun mashq kitobi
Oyatlar och (soyali) rangda chop etilgan. Siz ularning ustidan yozib borasiz — shu tariqa arab yozuvi qo'lga o'rnashadi, oyatlar esa yodda yaxshiroq qoladi. Qur'on o'rganayotganlar, arab husnixatini mashq qilayotganlar va farzandiga diniy ta'lim bermoqchi bo'lgan ota-onalar uchun.
Kitob haqida
- Tarkibi: to'liq 30 pora
- Til: arab tili
- Uslub: soyali (ustidan yozib boriladigan) husnixat
- Kim uchun: bolalar va kattalar
- Ranglar: muqova rangini variantlardan tanlaysiz
Qanday ishlatiladi
- Kunlik hajmni belgilang — bir o'tirishda bir necha oyat yetarli, shoshilmang.
- Harflarni soyali chiziq ustidan aniq yuritib yozing, chetga chiqmang.
- Yozib bo'lgach, o'sha sahifani ovoz chiqarib o'qing — yodlash shunda mustahkamlanadi.
- Bolalar bilan ishlaganda: avval siz bitta satrni yozib ko'rsating, keyin unga takrorlating.
Qaysi qalam bilan yozish kerak
- Qog'oz yupqa — siyoh orqa tomonga o'tadi. Shuning uchun gel yoki markerdan foydalanmang.
- Eng yaxshisi — oddiy qalam yoki ingichka uchli sharikli ruchka.
- Yozayotgan varaqning ostiga qalin qog'oz yoki papka qo'ying — shunda keyingi sahifaga o'tmaydi.
- Agar ikkala tomoniga ham yozmoqchi bo'lsangiz — avval bir tomonini tugatib, siyoh quriganini kuting.
Buyurtma berishdan oldin bilib qo'ying
- Qog'ozi yupqa. Bu mashq kitobi — da ko'p sahifa berish uchun ataylab shunday qilingan. Nafis nashrli sovg'abop Qur'on emas.
- Harflar ustidan yozish uchun mo'ljallangan o'lchamda — oddiy o'qish uchun chop etilgan Qur'ondagidan kichikroq ko'rinadi.
- Rasmda kitob ochiq holda va yaqindan olingan; qo'lda ushlaganda o'lcham boshqacha taassurot qoldirishi mumkin.
Yetkazib berishda
Topshirish punktida kitobni oching: muqova butunmi, sahifalar to'liq tikilganmi, chop etilgan matn aniq va tekis chiqqanmi — tekshirib oling. Kamchilik bo'lsa o'sha yerda sotuvchi chatiga yozing, 24 soat ichida hal qilamiz.