Sovg‘a uchun tayyor nabor: chashka va likopcha qutiga joylangan, ko‘p variantlarda sovg‘a paketi ham bor. Yaqin insoningizga, ustozga, hamkasbga yoki do‘stingizga qulay va chiroyli sovg‘a.
Chashka nabor — bitta keramik chashka va bitta likopchadan iborat choy juftligi, chiroyli sovg‘a qutisida. Chashka konussimon zamonaviy shaklda, gulli rasmlar qo‘lda chizilgandek nozik ko‘rinadi.
Dizaynlar
• Pushti — bahor gullari tasvirli krem chashka, pushti dasta va pushti likopcha, yashil gulli sovg‘a qutisi va paketi.
• Qora — qora-oq gul va kapalak naqshli chashka, qora dasta va qora likopcha, qora-oq gulli sovg‘a qutisi.
• Siren rang — binafsha va oq gulli chashka, pushti dasta va likopcha, pushti gulli sovg‘a qutisi va paketi.
• Zaytun — dala gullari tasvirli chashka, zaytun rang dasta va likopcha, qora-oq sovg‘a qutisi va paketi.
Afzalliklari
Har bir nabor o‘z dizaynidagi sovg‘a qutisida — qo‘shimcha o‘rash shart emas.
Chashka va likopcha keramikadan yasalgan, sirti sir bilan qoplangan: hid va ta’m bermaydi, oson yuviladi.
Konussimon chashka barqaror turadi, keng tagi choyni tez sovitmaydi. Dumaloq qulay dasta barmoqlarga yaxshi tushadi.
Likopcha chashkaning rangiga mos: pushti, qora, pushti-siren yoki zaytun rangda, ba’zilarida chetida bezakli yozuv bor.
Gulli dizaynlar bahor kayfiyatini beradi: dala gullari, bahor gullari, binafsha guldastalar va klassik qora-oq naqsh — har biri o‘ziga xos.
Chashka va likopchani bayram dasturxoniga qo‘ysangiz, oddiy choy ichish ham chiroyli marosimga aylanadi.
Kimga va qachon
Bir nechta rangni olib, uy uchun chiroyli choy to‘plami yig‘ish mumkin.
Ertalabki kofe, kechki choy va mehmonlar bilan dasturxon uchun.
8-mart, tug‘ilgan kun, Yangi yil, o‘qituvchilar kuni va boshqa bayramlarga sovg‘a.
Ofisda shaxsiy chashka sifatida yoki hamkasbga kichik sovg‘a.
Parvarish
Qo‘lda iliq suv va yumshoq vosita bilan yuving, abraziv vositalar ishlatmang — rasm va sir uzoq saqlanadi.
Qidiruvda: chashka nabor, chashka, chashkalar, piyola, krujka, krujkalar, krushka, kurushka, bakal, bakallar, bokal, bokallar, sovga nabor, posuda nabor, komplekt, podarka

