Ruhni davolash bo‘yicha amaliy va ilhomlantiruvchi qo‘llanma.
Bu — New York Times bestselleri bo‘lmish «Tanlov» (*The Choice*) kitobi muallifi, ko‘plab mukofotlar sohibasi Edit Egerning ikkinchi kitobidir. Unda siz zararli xulq-atvor odatlarini qanday yengish, taraqqiyotimizga to‘sqinlik qiluvchi fikrlarni to‘xtatish va botiniy erkinlikka erishish yo‘llarini o‘rganasiz.
Ushbu yangi kitobda Edit Eger davolanishga oid qarashlarini yanada chuqurroq yoritadi hamda bizni o‘tmish asoratida ushlab turuvchi fikr va e’tiqodlarni o‘zgartirishga ko‘maklashuvchi — mehr va hamdardlikka yo‘g‘rilgan — bir yo‘lni taklif etadi. Doktor Eger ta’kidlashicha, u duch kelgan eng dahshatli qamoqxona natsistlar uni tashlagan joy emas, balki o‘zi yaratgan qamoqxona — ya’ni o‘z ongining qamog‘i edi.

