VGR V-375 — zamonaviy sheyver bo'lib, yuzdagi tuklarni tez, qulay va toza olish uchun ishlab chiqilgan. Ushbu shaver uzunligi 2 mm gacha bo'lgan soqol (ko'pi bilan ikki kunlik soqol) uchun mo'ljallangan. To'rli qirqish tizimi tufayli qurilma terini bezovta qilmasdan silliq natija beradi.
VGR V-375 yuz shakliga moslashadigan ikki qavatli to'rli pichoqlar bilan jihozlangan. O'rnatilgan trimmer yordamida mo'ylov, soqol va chakka chiziqlarini oson tekislash mumkin. Shu sababli ushbu yuz tukini ketadigan apparat kundalik parvarish uchun juda qulay hisoblanadi.
Qurilma suv o'tkazmaydigan korpusga ega bo'lib, pichoqlarini oddiy oqar suv ostida yuvish mumkin. Sheyver quruq hamda nam soqol olishni qo'llab-quvvatlaydi. Zamonaviy USB Type-C orqali quvvatlanadi va elektr tarmog'i, noutbuk, powerbank yoki avtomobil zaryadlagichidan qulay foydalanish imkonini beradi.
To'liq quvvat bilan 60 daqiqagacha uzluksiz ishlaydi. Kichik o'lchami sababli VGR V-375 shaver sayohat, xizmat safari va kundalik foydalanish uchun juda qulay.
Eng yaxshi natijaga erishish uchun sheyverni uzunligi 2 mm dan oshmagan soqolda ishlatish tavsiya etiladi. Agar soqol uzunroq bo'lsa, avval trimmer yordamida qisqartiring. Qurilmani teriga 90° burchak ostida tuting va tuk o'sishiga qarshi yengil harakatlar bilan ishlating. Qurilmaga ortiqcha bosim bermang — pichoqlar o'z vazifasini samarali bajaradi.
Agar siz ishonchli sheyver, shaver, ustara, yuz tukini ketadigan apparat yoki original VGR mahsulotini izlayotgan bo'lsangiz, VGR V-375 kundalik foydalanish uchun mukammal tanlov bo'ladi.

