• 50 soatgacha avtonom ishlash muddati
• Qo‘ng‘iroqlar uchun qulay
• Engil va og'ir bolmaydi
• Tez bluetooth ulanishi
• Ikkita qurilma bilan ishlaydi
• Qulay boshqaruv tugmalari
• Yumshoq quloq yostiqchalari
• Mikrofon og‘izga yaqin
• Boshda yaxshi turadi
• Oddiy o‘yinlar uchun mos, ammo professional o‘yin funksiyalariga ega emas
Sony WH-CH520 Bluetooth quloqchinlari — kundalik foydalanish uchun qulay tanlov.
Aktiv shovqin kamaytirish funksiyasi yo‘q, lekin musiqa eshitish va qo‘ng‘iroqlar uchun yetarlicha qulay. Quloqchinlar 8 ta oldindan sozlangan ovoz effektlariga ega, bu esa har xil eshitish odatiga moslashishga yordam beradi. Qo‘ng‘iroq paytida shovqinni kamaytirish funksiyasi mavjud, bu esa ovozni aniq eshitishga imkon beradi.

Bluetooth 5.3 orqali tez va barqaror ulanish ta’minlanadi. Shuningdek, ko‘p qurilmali ulanish funksiyasi mavjud bo‘lib, ikki qurilmada bir vaqtning o‘zida foydalanishga imkon beradi — masalan, telefon va noutbuk.
Dizayni sodda va zamonaviy, retro ranglarda (qora, oq, denim ko‘k, bej). Korpus plastik (PC+ABS)dan tayyorlangan, engil va uzoq vaqt taqib yurishda bezovtalik tug‘dirmaydi. Boshi uchun yumshoq yostiqcha mavjud, quloq yostiqchalari esa silliq va egilmaydigan poliuretan materialdan tayyorlangan — bu esa ularni qulay va yumshoq qiladi.

Mikrofon og‘izga yaqin joylashtirilgan bo‘lib, ovozni aniq eshittirishga yordam beradi. Korpusda qulay tugmalar bor — musiqa almashtirish, ovozni sozlash va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish uchun. O‘yinlar uchun mo‘ljallanmagan, biroq filmlar, darslar va qo‘ng‘iroqlar uchun juda mos.

Asosiy xususiyatlari:
To‘plam tarkibi:


