Inson qayta turolmaydigan darajada yiqilsa ham bir kuni yana oyoqqa turishga umid qiladi, chunki umid qilmoq Yaratgan taslim bo'lishning eng chiroyli ko'rinishidir. O'rnimizdan turish uchun harakatga tushamiz, hammasini qaytadan boshlash kerakligini bilamiz. Aynan shu onda o'tmish xotiralari saboq olib, kelajakning baxtli kunlarini orzu qila boshlaymiz. Ba'zida kichik bir jasorat hammasini o'z o'rniga tushirish uchun kifoya qiladi.
Eng qiyin vaziyatlarda ham chiqish yo'li har doim mavjud bo'lgan. O'zingizni zulmatda qoldirmang, o'zingizni tark etmang. Tark etsangiz, hech kim qalbingizga yaqinlasha olmaydi. Ertangi kuningiz tabassum qilsin. Siz ushbu beshinchi mavsumga eng munosib insonsiz. Har bir inson qalbida o'z mavsumini olib yuradi. Ular beshinchi mavsumni hayotiy tajribalari bilan o'z olamiga uyg'unlashtiradi. Hayot kimgadir yoz, kimgadir qish, kimgadir bahor kabidir. Sabr qilganlarga esa har doim gullar bilan burkangan yo'llar nasib etadi. Duo, umid va sabr bilan go'zal qalbini to'ldirgan insonlarning so'ngi mavsumi har doim bahor bo'ladi.
Ketganingizda ortingizdan keladigan inson bo‘lmasa, demak, siz allaqachon tark etilgansiz...
Siz bilan endi dengiz qarshisida o‘tirib suhbat qurilmaydi, chunki siz dengizlarni ham quritib yuborasiz. Men kullar ichida gullar o‘stirishga urinibman aslida. Mana shu tariqa sevilganimga ishongandim. Sen yuragimning qoq markaziga joylashib olib puchga chiqqan xayollarim bo‘lding. Kim menga uzoq bo‘lsa unga yaqin bo‘ldim. o‘zimga bo‘lgan bu uzoqligim shundandir balki. Biroq yolg‘izlik davolaydi meni. Bu vidolar behuda bo‘ldi, sen ortiq mening duolarimga ham yarashmaysan. Biroz yolg‘izlik meni davolaydi. Lekin ortga qaytma, yaralarim bitganidan keyin sening qaytishing bu shaharga nisbatan haqsizlik bo‘ladi. O‘tib ketishi kerak bo‘lgan narsalarni o‘tmishda qoldirmagandan keyin o‘tib ketgan faqatgina vaqt bo‘lar ekan.
So‘ngra o‘zimga yangi bir sahifa ochaman, qushlari qirilib ketgan osmonimga qora qalamdan qushlar chizaman. Kulgularim bir ko‘chaning oxirigacha qahqahlar otib o‘sha ko‘chani qaytadan moviyga bo‘yaydi.
Balki baxtdan uchmasman lekin eng kamida oyoqlarim yerga mustahkam qadam tashlaydi. Kutishlarimni puchga chiqargan insonlar tufayli, kutishdan voz kechdim. Yozni kutyapman, bahorni, romashkalar qaytadan yer yuzini oq rangga bo‘yashini kutyapman ammo seni aslo. Men meni baxtsiz qilganlarni ham baxtli qilibmanu, o‘zimga kelganda ichimdagi bahorlar yetmapti. Hozir ketishing bilan Kulgularim yangidan tirilsin.
Bu foniy dunyodagi baʼzi odamlar menga choh qazishgan bo‘lsada, o‘sha chohdan o‘zgarib chiqdim- yana-da kuchliroq bo‘ldim!
Bu yo‘llarda bir qancha vaqt o‘zimni yo‘qotib, hech narsani his qilmay yurdim. Lekin o‘rgandim: inson o‘zi yurgan yo‘llarga gullar ekib olg‘a intilishi kerak ekan. Agar yarim yo‘lda qolsayu, orqaga qaytadigan bo‘lsa, o‘sha yo‘llar gullar bilan bezatilgan bo‘lishi kerak ekan.
Hattoki kaktuslar ham gullashi mumkin bo‘lgan bu dunyodagi baʼzi bir odamlarning qalbi allaqachon so‘lib, qurib qolgan.
"G‘am-alam, tashvishlar ustma-ust kelib, chiday olmaydigan holga tushib qolsangiz ham, taslim bo‘lmang! Ana shundagina taqdiringiz o‘zgaradi!"
Mavlono Jaloliddin Rumiy
Turk tilidan Ulug'bek Jangchiddinov va Risolat Ibragimova tarjimasi
Yaralangan joyingizdan gullaysiz, Songul Unsal
"Yaralangan joyingizdan gullaysiz" — Songul Unsalning zamonaviy adabiyotda o'ziga xos o'rin tutgan asari. Kitobda inson hayotidagi qiyinchiliklar, travmalar va ularning qiyin damlaridan qanday qilib o'sish va rivojlanish mumkinligi haqida so'z yuritiladi
Format: A5
Betlar soni: 128
Mavzu va mazmuni:
"Yaralangan joyingizdan gullaysiz" — Songul Unsalning zamonaviy adabiyotda o'ziga xos o'rin tutgan asari. Kitobda inson hayotidagi qiyinchiliklar, travmalar va ularning qiyin damlaridan qanday qilib o'sish va rivojlanish mumkinligi haqida so'z yuritiladi. Asar qahramonlarining hayotida yuz beradigan murakkab vaziyatlar, his-tuyg'ular va o'zgarishlar orqali o'quvchilarga hayotdagi muhim saboqlarni etkazadi.
Nimani o'rgatadi:
Ushbu kitob hayotning qiyinchiliklariga qarshi kurashishni, o'z zaifliklarimizdan kuch topishni, shuningdek, davolanish jarayonida sabr-toqat va jasoratni qadriga yetishni o'rgatadi. Asar, o'zida yaralarimizdan o'sib, gullashimiz mumkinligini ta'kidlaydi. Har bir o'quvchi kitobdan o'zining hayotidagi qiyinchiliklarga munosabatni o'zgartirishga, o'ziga ishonchni oshirishga va kelajakda baxtli hayotga erishish uchun zarur bo'lgan motivatsiyani topishga yordam olishi mumkin.
Kimlar uchun:
"Yaralangan joyingizdan gullaysiz" kitobi barcha yoshdagi o'quvchilar uchun mo'ljallangan, xususan, o'z hayotida muammolar bilan yuzlashayotgan, ruhiy salomatlik va shaxsiy o'sishga intilayotgan insonlar uchun juda foydali. Asar o'zini kashf etishni, o'z his-tuyg'ularini anglashni va yengilmas ruhni shakllantirishni xohlaganlar uchun ideal manba bo'ladi. Shuningdek, kitob psixologlar, murabbiylar va o'qituvchilar uchun ham foydali bo'lishi mumkin, chunki u inson ruhiyatini tushunish va qo'llab-quvvatlashda yordam beradigan qimmatli hikoyalar va saboqlarni taqdim etadi.
Romanda erining zo'ravonligiga duch kelgan bosh qahramonning murakkab psixologik kurashi tasvirlangan. Nur undan qochishga ko'p marta urinib ko'radi, lekin uning qo'rquvi va unga qaramligi uni haqiqiy tarzda amalga oshirishga to'sqinlik qiladi. U zo'ravonlik, og'riqli haqorat va xo'rliklarga dosh berishda davom etadi, ular bilan qanday kurashishni bilmaydi.
Kitob psixologik drama janrida yozilgan bo'lib, dunyodagi ko'plab ayollar duch keladigan oilaviy zo'ravonlik muammolarini aks ettiradi. Songul Unsal kuch va qaramlik, xato va tavba, o‘zgarish umidi kabi murakkab masalalar haqida dadil va ochiq gapiradi. Roman munosabatlarni suiiste'mol qilish va bu muammodan qanday qutulish haqida muhim savollarni ko'taradi.
"Ko'p narsadan bexabar edim" kuchli tuyg'ularni uyg'otadigan juda kuchli kitob. Bu hayot, sevgi va adolat haqida juda ko'p mulohazalarni beradi. Roman murakkab ijtimoiy muammolar, ma’naviy-axloqiy mushkulliklarni yorituvchi adabiyotning munosib namunasidir.

