"Solaris" - Stanislav Lem ijodining shubhasiz cho‘qqisi, XX asr ilmiy fantastikasining, jumladan, rus fantastikasining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan asar. Ushbu roman ikki marta ekranlashtirilgan, uning asosida radiospektakllar, spektakllar va hatto balet ham yaratilgan!
Xo‘sh, Solaris aslida nima o‘zi? Inson tushunmaydigan maqsadlarni ko‘zlaydigan cheksiz fikrlaydigan okeanmi, inson his-tuyg‘ularini moddiy shaklga aylantiradigan eng nozik sozlagichmi? Psixologning dahshatli tushimi yoki ruhiy tabibmi? Kitob nashr etilganiga 50 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, uni o‘qigan kitobxonlar hanuz o‘z qalbiga nazar solmasdan turib, javobini topish mumkin bo‘lmagan savollar bilan qiziqmoqda.

