Ushbu kitob sizga o‘z ichingizda xotirjamlik orolchasini yaratishga yordam beradi.
Zamonaviy dunyo quloqni kar qiluvchi shovqin va diqqatni chalg‘ituvchi omillarga to‘la. Avtomobil signallari, baland ovozli musiqa, mobil telefon va ijtimoiy tarmoqlar bildirishnomalari, pnevmatik bolg‘alar hamda samolyotlar shovqini... Ish stollarimiz hujjatlarga to‘lib-toshgan, elektron pochta qutilarimiz esa xabarlardan liq to‘lgan. Har bir ekranda global inqirozlar haqidagi xabarlar qarshimizdan chiqadi. Ish esa charchatadigan va hech tugamaydigandek tuyuladi.
Qanday qilib to‘xtab, nafas rostlash mumkin? Qanday qilib diqqatni jamlab, masalalarni chuqur o‘ylab ko‘rish va puxta o‘ylangan qaror qabul qilishga erishish mumkin? Deyarli har qanday vaziyatda diqqatni jamlagan va xotirjam qolishga muvaffaq bo‘ladigan insonlar qanday sirni bilishadi?

