SOCHIQLAR TO'PLAMI
Nafis dizayndagi 2 dona sochiqdan iborat to‘plam kundalik foydalanish uchun qulay. To‘plamga 70×140 sm badan uchun katta sochiq va 50×100 sm yuz hamda qo‘l uchun sochiq kiradi.
Sochiqlar 100% paxtadan tayyorlangan bo‘lib, yumshoq va teriga yoqimli. Paxta tolasi namlikni yaxshi singdiradi va kundalik foydalanishda qulaylik yaratadi. Dekorativ kashta va chetidagi nafis bezak sochiqlarga chiroyli ko‘rinish beradi.
Hammom, dush, sauna va uy sharoitida foydalanish uchun mos. Chiroyli dizayni tufayli yaqinlaringizga sovg‘a sifatida ham yaxshi tanlov. 

