Ilg'or texnologiyalar va mukammal uslub uyg'unligi — VGR V-107 professional trimmeri! Ushbu model o'z tashqi ko'rinishiga e'tiborli bo'lgan va sifatli texnikani qadrlovchi erkaklar uchun maxsus ishlab chiqilgan.
VGR V-107 trimmerining asosiy afzalliklari:
- Zamonaviy LED-displey: Trimmer kutilmaganda o'chib qolmaydi. Aqlli ekran batareyaning aniq foizdagi quvvatini real vaqt rejimida ko'rsatib turadi.
- Premium T-simon pichoqlar: Yuqori sifatli zanglamaydigan po'latdan yasalgan bo'lib, tuklarni tortmasdan va terini qizartirmasdan maksimal darajada yaqin (0,1 mm) va tekis olishni ta'minlaydi.
- Uzoq muddatli avtonom ish: Sigimli litiy-ionli akkumulyatori tufayli 150 daqiqagacha uzluksiz ishlaydi. USB kabeli orqali to'liq quvvatlanishi uchun bor-yo'g'i 2 soat kifoya qiladi.
- Kuchli va shovqinsiz motor: Har qanday qattiqlikdagi soqol va sochlarni osongina oladi, ish jarayonida esa vibratsiya va shovqin darajasi juda past.
To'plam tarkibi (Komplekt):
- VGR V-107 trimmeri
- 4 ta almashtiriladigan nasadka (1.5 mm, 3 mm, 6 мм, 9 мм)
- Pichoqlar uchun himoya qopqog'i
- USB quvvatlash kabeli
- Pichoqlarni moylash uchun moy
- Tozalash cho'tkasi