Fen, soch tekislagich yoki ployka — sochlar har kuni yuqori harorat ta’siriga duch keladi. Termohimoyali sprey issiq turmaklashning sochlarga ta’sirini kamaytirishga va ularning silliq, mayin hamda parvarishlangan ko‘rinishini saqlashga yordam beradi.
Formula soch yuzasida yengil himoya qatlamini hosil qiladi. U yuqori harorat ta’sirida sochlarning haddan tashqari qurishi va sinish xavfini kamaytirishga yordam beradi. Termohimoya 230°C gacha bo‘lgan haroratda turmaklash uchun mos.
Mochevina — namlikni ushlab turishga va sochlarning namligini saqlashga yordam beradi.
Pantenol — sochlarni qo‘shimcha namlantiradi va parvarish qiladi.
Glitserin — sochlarni yumshatishga va quruqlik hissini kamaytirishga yordam beradi.
Limon kislotasi — sochlarning silliqligini va yanada yorqin ko‘rinishini ta’minlashga yordam beradi.
Vosita nam, sochiq bilan biroz quritilgan sochlarga 15–20 sm masofadan seping. Spreyni soch uzunligi bo‘ylab bir tekis taqsimlash uchun sochlarni tarang. Yuvib tashlamang. Shundan so‘ng sochlarni fen bilan quriting yoki turmaklashni boshlang.
Likato Professional — issiq turmaklashdan oldingi oddiy va muhim parvarish bosqichi.

