Issiqsiz Soch Bigudisi – Sochingizni seving, unga zarar yetkazmang!
Sochingizni buklash uchun endi fen yoki press kerak emas. Satin materialidan tayyorlangan ushbu yumshoq bigudi tufayli siz sochingizga tabiiy buklamalar hosil qilasiz, shu bilan birga uni sog'lom va parvarishlangan holatda saqlaysiz. Mahsulot kechasi yotgan holda yoki bir necha soat davomida ishlatiladi.
Tarkibi:
1 dona satin qoplamali bigudi
2 dona sochni mustahkam ushlab turuvchi, yumshoq rezinkalar
1 dona katta soch qisqichi (klips)
Qo’llanishi juda oddiy:
Sochingizni bir oz namlang (nam yoki toza qurigan soch ham bo’ladi).
Bigudini bosh ustiga joylashtiring.
Sochlarni har ikki tomondan bigudiga o’rab chiqing.
Oxirida rezinkalar bilan mahkamlang.
Soch qisqichi bilan yuqoridan mahkamlab, bir necha soat yoki kechgacha saqlang.


