Sochlar uchun ko‘p funksiyali yuvilmaydigan krem-spray Ollin Professional Perfect Hair 15 in 1 — bu sizning sochlaringiz mukammal go‘zalligi va salomatligi uchun professional darajadagi parvarish!
Agar siz sochning quruqligi, sinishi, uchlarining bo‘linishi yoki qiyin taralishidan qiynalayotgan bo‘lsangiz, ushbu soch uchun krem-spray barcha muammolarni bir vaqtning o‘zida hal qiladi. Unikal formulaga ega mazkur yuvilmaydigan soch kremi bir vaqtning o‘zida 15 ta muhim vazifani bajaradi.
Mahsulotning 15 ta ta'siri va afzalliklari:
- Sochni chuqur oziqlantirish va namlantirish — quruq va jonsiz sochlarga hayot baxsh etadi.
- Termal himoya — fen, dazmol va soch tekislagichlarning issiqlik ta'siridan himoya qiladi.
- Sochni tekislash va silliqlash — sochlarning bo‘rtib chiqishini (puchayishini) yo‘qotadi.
- Tarashni osonlashtirish — tugun bo‘lib qolgan Sochlarni osongina tarash imkonini beradi.
- Sinishga qarshi kurash — sochlarning sinishi va to‘kilishining oldini oladi.
- Zararlangan tuzilmani tiklash — har bir tolalarni ichki qismidan mustahkamlaydi.
- Soch uchlarini davolash — soch uchlari kesilishining oldini oladi.
- Tabiiy hajm va yaltirash — sochlarga ko‘zga ko‘ringan yorqin porlash va jozibali hajm beradi.
- Rangni saqlash — bo‘yalgan sochlarning rangi yuvilib ketishidan asraydi.
- Statik elektrni ketkazish — sochlarning elektrlanishini butunlay yo‘q qiladi.
- Yumshatish — sochlarga ipakdek mayinlik baxsh etadi.
- Kun bo‘yi fiksatsiya va mustahkamlik — turmakni uzoq vaqt saqlab turadi.
- Tashqi muhit ta'siridan himoya — quyosh nurlari va shamol zararidan asraydi.
- Barcha soch turlariga mos keladi — quruq, yog‘li, bo‘yalgan va jingalak sochlar uchun birdek ideal.
- Og‘irlashtirmaydigan yengil tekstura — sochlarni yog‘lantirib yubormaydi.
Ushbu sochni tiklovchi vosita va Ollin kosmetikasi bilan salonda qilinganidek mukammal parvarishni uy sharoitida o‘zingizga taqdim eting!