Qo‘lda to‘qilgan Moychechak soch bezagi
Tabiiylik va nafislikni yoqtiradiganlar uchun maxsus tayyorlangan qo‘lda to‘qilgan moychechak soch aksessuari. Ushbu bezak o‘rimli soch ustiga taqiladi va har bir o‘rim ustida gullar chiroyli joylashadi.
Mahsulot to‘liq handmade bo‘lib, mayin ipdan ehtiyotkorlik bilan to‘qilgan. Katta gul 9 bargli, kichik gullar esa 6 bargli qilib ishlangan. Pastki qismida nafis oq munchoq bilan bezatilgan.
Afzalliklari:
Qo‘lda to‘qilgan (handmade)
Tabiiy va nozik ko‘rinish
O‘rimli sochlar uchun maxsus dizayn
Bolalar va qizlar uchun mos
Yengil va qulay

