• Chopard Happy Sport-ikki sapfir oynacha orasida erkin harakatlanuvchi yettita brilliant bilan ajralib turadi.Perlamutr siferblat,oval po‘lat korpus,brilliantli bezel va teri kamar uyg‘unligi kundalik va kechki taqish uchun jozibali ko‘rinish yaratadi!
Modelning asosiy jihati — ikki sapfir oynacha orasida erkin harakatlanuvchi yettita brilliant bo‘lib, ular perlamutr oq rangli siferblat ustida go‘yo raqsga tushayotgandek taassurot uyg‘otadi. Har bir harakatda ular yorqin jilolar bilan soatga jon bag‘ishlaydi.
Happy Sport Classic kolleksiyasi tarixda muhim o‘rin egallagan, chunki u po‘lat mustahkamligini brilliantlarning nafisligi bilan birlashtirgan ilk soatlardan biri bo‘lgan. Ushbu model oval shakldagi tilla rang korpusga ega bo‘lib, bilak chizig‘ini chiroyli ta’kidlaydi. Brilliantlar bilan bezatilgan bezel soat ko‘rinishini yanada ta'sirli qiladi.
Kvarts mexanizmi soatga mukammal aniqlik va ishonchlilik beradi. Zamonaviy hayot ritmiga mos, u barqaror ishlash va uzoq muddat xizmat qiladi, nafislik, uslub va texnologiyani uyg‘unlashtirib, har kuni ishonch bag‘ishlaydi.
Oq rangli qo'l tasmasi kundalik taqish uchun qulaylik yaratadi va soatning ko‘p qirrali uslubini to‘ldiradi. Rim raqamlari hamda nuqtali indekslar siferblatni muvozanatli va o‘qilishi oson qiladi.

