SMEG 18 sm diametrli 3 qavatli mantovarka yuqori sifatli zanglamaydigan po'latdan ishlab chiqarilgan. Bir vaqtning o'zida bir nechta taomni bug'da pishirish imkonini beradi. Manti, chuchvara, xinkali, sabzavot, baliq va boshqa taomlarni tayyorlash uchun juda qulay. Mustahkam tutqichlar va shisha qopqoq bilan jihozlangan. Ko'p turdagi plitalarga mos keladi va yuvish oson.

