Xiaomi 17T Pro o‘zida yuqori quvvat, uzoq batareya muddati va ilg‘or suratga olish imkoniyatlarini mujassam etgan. Qurilma UZIMEI tizimida rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, O‘zbekistonning barcha mobil operatorlari SIM-kartalari bilan ishlashga to‘liq tayyor. 5 karrali (5x) Leica telefoto ob’ektivi hamda sun’iy intellekt (AI) yordamida 120 karraligacha (120x) kattalashtirish imkonini beruvchi ultra-zum tizimi bilan jihozlangan ushbu smartfon uzoqdagi detallarni yuqori aniqlikda suratga olishga yordam beradi. Shuningdek, Leica Summilux optikasi va "Leica Vivid Moments" funksiyasi suratlaringizga yanada ko‘proq ifodalilik va jonlilik bag‘ishlaydi.
Qurilma o‘ta yuqori unumdor yadrolarga asoslangan arxitekturaga ega MediaTek Dimensity 9500 protsessori bilan ishlaydi. Smartfon Xiaomi HyperOS tizimida faoliyat yuritadi. 6,83 dyuymli, 144 Gts yangilanish tezligiga ega va ko‘zga zarar yetkazmaydigan displey tasvirning ravon hamda qulay namoyish etilishini ta’minlaydi. 7000 mA/soat (tipik qiymat) sig‘imli kremniy-uglerodli batareya esa 100 Vt quvvatli simli va 50 Vt quvvatli simsiz HyperCharge texnologiyalari yordamida qurilmaning uzoq vaqt davomida ishlashini kafolatlaydi.
Texnik xususiyatlar
Model: Xiaomi 17T Pro
Tezkor xotira (RAM): 12 GB LPDDR5X
Ichki xotira: 1 TB UFS 4.1
Displey: 6,83″ AMOLED
Ruxsat: 2772 × 1280 (1.5K)
Yangilanish tezligi: 144 Gts gacha
Maksimal yorqinlik: 3500 nit
Protsessor: MediaTek Dimensity 9500
Ishlab chiqarish texnologiyasi: 3 nm
Asosiy kamera: 50 MP + 50 MP + 12 MP
Optik zum: 5×
Old kamera: 32 MP
Batareya: 7000 mA/soat
Simli quvvatlash: 100 Vt
Simsiz quvvatlash: 50 Vt
Himoya oynasi: Corning Gorilla Glass 7i
Himoya darajasi: IP68
Tarmoq: 5G
Wi-Fi: Wi-Fi 7
Bluetooth: 6.0
NFC: Ha
Audio: Stereo dinamiklar, Dolby Atmos
Operatsion tizim: Xiaomi HyperOS 3
Og‘irligi: 219 g

