Kengaytirilgan funksiyalarga ega ilg‘or kamera yordamida kundalik hayotingizning yuqori sifatli suratlarini oling. 50 MP asosiy kamera bilan yorqin lahzalarni tasvirga muhrlang, 13 MP old kamera yordamida esa tiniq selfilar yarating — har bir surat unutilmas bo‘lsin.
O‘yinga sho‘ng‘ib ketgan bo‘lsangiz ham yoki ish bilan band bo‘lsangiz ham, sakkiz yadroli MediaTek Helio G99 Octa-Core protsessori barcha vazifalaringizni uzluksiz va samarali bajarishga qodir.
IP54 darajasidagi himoya tufayli turli hayotiy vaziyatlarda smartfoningiz xavfsizligi haqida xavotirlanishingizga hojat yo‘q va e’tiboringizni eng muhim narsalarga qaratishingiz mumkin.
Operatsion tizimning 6 avlodgacha yangilanishlari
va 6 yil davomida xavfsizlik tizimiga xizmat ko‘rsatish tufayli Galaxy A16 smartfoningiz uzoq vaqt davomida dolzarbligini saqlab qoladi.
Zaryad haqida xavotirlanmasdan, o‘zingizga yoqadigan ishlar bilan shug‘ullaning. 5000 mA·soat sig‘imga ega akkumulyator bilan Galaxy A16 smartfoni qayta zaryadlashsiz uzoqroq ishlaydi. Super tezkor zaryadlash funksiyasi esa smartfonni bir necha daqiqada quvvat bilan ta’minlaydi.
Samsung Knox Vault xavfsizlik tizimi PIN-kodlar va parollar kabi maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Ma’lumotlaringiz elektr ta’minotidagi kuchlanish o‘zgarishlari, nosozliklar, yuqori harorat va lazer ta’siri bilan bog‘liq dasturiy hamda apparat tahdidlaridan himoyalangan maxsus xotirada saqlanadi.

