• Brend: Smart Pets
• 6 oydan katta itlar uchun
• Har qanday zotli itlar uchun
• Yung g'uddalaridan qutqaradi, uy gullari chaynalishidan chalg'itadi, oshqozonni tozalaydi, yungni ipakdek yaltiroq qiladi, immunitetni mustahkamlaydi, uy jonivorlarida stressni kamaytiradi, tabiiy mikroelementlar, minerallar va kletchatka manbai
• Urug'lar vazni: 35 g
• To'plam vazni: 130 g
• To'plam o'lchamlari: 160×160×60 mm
• O'zbekistonda ishlab chiqarilgan
Smart Pets itlar o'ti (itlar ko'kati, трава для собак) — sevimli itingiz o’zini yalash paytida va tullash davrida ichiga yutgan yunglardan aziyat chekmasligi, ko'chadagi xavfli (parazitlar, kimyoviy moddalar va changga to’la) o'tlarni chaynab yurmasligi hamda xonadoningizdagi gullarga tegmasligi uchun mo‘ljallangan uy sharoitidagi tabiiy yechimdir.

Atigi 5–7 kun ichida uyingizda itlar uchun barra, shirador, xushbo'y va foydali mikroelementlarga boy lazzatbaxsh ozuqa — itlar ko'kati — o'sib chiqadi! Undan sevimli itingizning dumi ventilyatordek aylana boshlaydi, ko'zlari esa quvonchdan charaqlaydi! ❤️
Yutilgan yungni yumshoq va tabiiy ravishda organizmdan chiqaradi — itingiz faqat o‘tni qayt qiladi, gilamlaringiz esa dog‘siz qoladi!
Uyda yetarli kletchatka va foydali mikroelementlar olgan it ko‘chadagi “taqiqlangan” narsalarga kamroq e’tibor beradi.
Uy sharoitida yetishtirilgan yashil toza ko’kat (o‘t) — ichak infeksiyalari, parazitlarlar, chiqindi gazlar va pestitsidlardan 100% xolidir!
Itingiz uy gullarini chaynashni unutadi: endi uning faqatgina o'ziga tegishli, xavfsiz, mazali lazzati — “shaxsiy restorani” — bor! Orxideya va fikuslaringizga endi xavf yo’q!
Atigi 2–3 haftada — itingiz yungi ipakdek mayin, yaltiroq bo‘ladi, to‘kilish kamayadi va oila a’zolaringizda allergiya xavfi pasayadi!
Suli, bug'doy va arpa ko'katlarini chaynash og'iz bo'shlig'ini tabiiy ravishda tozalaydi va nafasini yangilaydi —noxush hidlar bilan xayrlashing!
Foydali mikroelementlar (A, C, E, K va B guruhi) + kaliy + magniy + kletchatka = kuchli organizm, a’lo kayfiyat va tetiklik, hatto eng dangasa va uyquchan “divan” itlarida ham!
Ichak faoliyatini yaxshilaydi — hojat muntazam va deyarli hidsiz bo‘ladi!
O't chaynash — tabiiy tinchlantiruvchi vositadir. Itingiz endi shippak va mebellarni kamroq g‘ajiydi, zerikkanida yoki yolg’izlikda kamroq uvillaydi!

🌱 Suli, arpa va bug‘doy urug‘lari (GMOsiz). Kerakli tarkibni “Mahsulot xususiyatlari”dan tanlang.
🌱 100% tabiiy agrogrunt (kimyoviy qo'shimchalarsiz)
🌱 Qulay, ko‘p martalik lotok
🌱 Elastik yopqich (mini-issiqxona muhitini hosil qilish uchun)
🌱 Rasmli sodda yo‘riqnoma (hammaga tushunarli, hatto magazinchi G'aybulla akaga ham!)
🌱 Har bir qadoqda yoqimli mini-sovg'a (kichkina bo’lsa ham sovg'acha) 🎁
5–7 kundan keyin → itingiz baxtli, jo’shqin, g‘ayratli bo‘ladi, dumini tinmay likillatadi va a’lo kayfiyati bilan sizga “vov-rahmat” deydi! ❤️
Endi itingizni xavfli ko‘cha o‘tlari bilan boqmang. Ular ichak infeksiyalari, parazitlar, shahar chiqindi gazlari va boshqa hayvonlar axlatlari bilan ifloslangan bo‘lishi mumkin!
Smart Pets itlar o‘ti — itingizga hech qanday xavfsizsiz berish mumkin bo‘lgan, 100% toza va foydali muqobil.
Atigi 1 haftada itingiz mahallaning eng xursand iti bo‘lsin 🐶🚀
👉 Chunki biz itingizni o'zimiznikidek yaxshi ko‘ramiz ❤️
👉 Chunki Smart Pets — itingiz qalbi bilan his qiladigan mehribonlikdir!


