Smart Channel qurilmasi – suv sarfini yuqori aniqlikda hisoblash va ma’lumotlarni masofadan uzatish uchun xizmat qiluvchi qurilma xisoblanadi. Smart Channel qurilmasi qishloq xo’jaligi maxsulotlarini yetishtirishda, sug’orma dehqonchilik bilan faoliyat olib boruvchi “Klaster”, “Fermer xo’jaliklari” hamda shu kabi suv iste’molchilarining irrigatsiya kanallaridan suv olish quloqlariga o’rnatish va suv sarfi hisobini raqamlashtirish maqsadida ishlab chiqarilgan.
Smart Channel qurilmasi –suv sarfini aniqlashda oqimning xarakat kesimini o’rtacha tezlikka ko’paytirish, ya’ni, tezlik maydon usuliga asoslangan. Mazkur qurilma bir vaqtning o’zida oqimning xarakat kesimi va o’rtacha tezligini yuqori aniqlikda hisoblaydi. Oqimning tezligi va chuqurligini aniqlash bo’yicha ultratovushli datchiklarning qo’llanilishi natijasida yuqori samaradorlikka erishilgan. Qurilma boshqa analoglaridan farqli ravishda, rejalashtirilgan joyiga o’rnatilishi uchun maxsus kalibrlash ishlari amalga osirish va shu kabi muammolarning yo’qligi undan foydalanish samaradorligini yanada oshiradi.
Smart Channel qurilmasi – mustaxkam va sifatli korpus, suv sarfini rostlash va boshqarish uchun zatvor, suv tezligi va sathini aniqlash bo’yicha ultratovushli datchiklar, quyosh paneli, malumotlarni masofadan uzatush tizimidan tashkil topgan. Smart Channel qurilmasi hamda dasturiy ta’minoti “Smart Solution Sistems” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

