Smart Box TV — bu zamonaviy multimedia qurilma bo‘lib, oddiy televizorni to‘liq funksiyali Smart TV ga aylantiradi. Ushbu приставka yordamida internetga ulanib, turli xil onlayn kontentlardan foydalanish mumkin. Qurilma HDMI port orqali televizorga ulanadi va bir necha daqiqada sozlanadi.
Pristavka Android operatsion tizimida ishlaydi, shu sababli Google Play orqali turli ilovalarni yuklab olish mumkin. Foydalanuvchi YouTube, filmlar, seriallar, onlayn telekanallarni tomosha qilishi, brauzer orqali internetdan foydalanishi hamda ijtimoiy tarmoqlarga kirishi mumkin.
Smart Box TV Wi-Fi yoki LAN kabel orqali internetga ulanadi va tezkor hamda barqaror ishlashni ta’minlaydi. Shuningdek, Bluetooth funksiyasi mavjud bo‘lib, simsiz klaviatura, sichqoncha, quloqchin yoki geympad ulash imkonini beradi.
Qurilma yuqori sifatli tasvirni qo‘llab-quvvatlaydi, jumladan Full HD, ayrim modellari esa 4K formatda ishlaydi. Kichik o‘lchami va zamonaviy dizayni tufayli televizor yoniga qulay joylashtiriladi. Smart Box TV — uy sharoitida qulay va zamonaviy ko‘ngilochar yechimdir.

