WP premium — ekransiz, zamonaviy va funksional smart braslet bo‘lib, kundalik faollik, sport mashg‘ulotlari va sog‘liq ko‘rsatkichlarini kuzatish uchun mo‘ljallangan. Minimalistik dizayni tufayli u sport kiyimlari bilan ham, kundalik uslub bilan ham uyg‘unlashadi.
Matoli remeshok esa kundalik taqish uchun qulay.
Braslet 100 dan ortiq sport rejimini qo‘llab-quvvatlaydi. U yurish, yugurish, velosiped, mashqlar va boshqa faoliyatlar davomida qadamlar, masofa, sarflangan kaloriya va umumiy jismoniy faollikni qayd etishga yordam beradi.
Qurilma quyidagi monitoring funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi:
Braslet Bluetooth orqali Android va iOS smartfonlariga ulanadi. Barcha ma’lumotlar G Band mobil ilovasida ko‘rsatiladi. Ilova orqali sport natijalari, uyqu statistikasi va sog‘liq ko‘rsatkichlarini kuzatish mumkin.
IP68/ 5ATM suvdan himoya kundalik foydalanishda yomg‘ir, ter va suv sachrashidan himoya qiladi. Suzish, dush, sauna yoki suv ostida uzoq vaqt foydalanish tavsiya etilmaydi.
Batareya sig‘imi 250 mAh. Ishlash muddati foydalanish intensivligi, Bluetooth ulanishi, bildirishnomalar va monitoring chastotasiga bog‘liq. Ishlab chiqaruvchi ma’lumotiga ko‘ra, qurilma bir quvvatlashda 14 kungacha ishlashi mumkin.
⚠️ Muhim: qurilma tibbiy uskuna hisoblanmaydi. Ko‘rsatilgan natijalar faqat tanishish va kundalik monitoring uchun mo‘ljallangan. Ular tashxis qo‘yish yoki shifokor maslahatini almashtirmaydi.

