Sleepy Sensitive bolalar tagliklari — chaqaloqlar va kichik yoshdagi bolalarning sezgir terisi uchun maxsus ishlab chiqilgan sifatli tagliklar. Ushbu seriya yumshoqligi, xavfsiz tarkibi va ishonchli himoyasi bilan ajralib turadi. Water Woven innovatsion texnologiyasi va tabiiy oq ustki qatlami tufayli tagliklar kun bo‘yi va tun davomida maksimal qulaylik yaratadi.
Sleepy Sensitive tagliklari gipоallergen, nafas oluvchi, zararli bo‘yoqlar va qo‘shimchalarsiz materiallardan tayyorlangan. Ular bolaga qulay yopishadi, harakatni cheklamaydi va hatto juda sezgir teriga ega bolalar uchun ham mos keladi.
Sezgir teri uchun mos, bo‘yoq, losyon va zararli kimyoviy moddalarsiz.
Bo‘yoqsiz qatlam terida tirnashni kamaytiradi va terining erkin nafas olishiga yordam beradi.
Water Woven texnologiyasi namlikni tez singdirib, uni ichkarida ushlab turadi va sirtni quruq saqlaydi.
Elastik yon himoya chiziqlari namlikning yon tomonlarga chiqib ketishini oldini oladi.
Yumshoq elastik belbog‘ bola tanasiga bosimsiz, qulay tarzda yopishadi.
Taglik bola o‘tirganda, emaklaganda yoki faol harakatlanganda bezovta qilmaydi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan tortib kattaroq yoshdagi bolalargacha mos variantlar mavjud.

