MPX — qora rangdagi zamonaviy taktik uslubga ega, juda effektli o‘yin avtomati. Korpusi, qulay tutqichi, prikladi va qo‘shimcha detallari unga kuchli tactical ko‘rinish beradi.
Modelning asosiy afzalligi — ishlaydigan nishongoh. U o‘yin vaqtida aniqroq mo‘ljal olishga yordam beradi va avtomatga yanada real ko‘rinish beradi. Glushitel qismida esa otish sensori mavjud: o‘q uzilganda u yonadi va juda chiroyli vizual effekt hosil qiladi.
Straikbol, faol o‘yinlar, kolleksiya yoki chiroyli foto uchun ajoyib tanlov. Oddiy o‘yin avtomatlaridan farqli ravishda, bu model tashqi ko‘rinishi va effektlari bilan darhol e’tibor tortadi.

