Butun umrimiz davomida biz o‘z "Men"imizni shakllantirib keldik: go‘daklikdan maktab yoshigacha, balog‘at davridan to voyaga yetganimizgacha...
Avvaliga omon qolishimiz uchun zarur bo‘lgan jismoniy "Men"imiz namoyon bo‘ldi. Keyin esa boshqa odamlar orasida o‘z o‘rnimizni topishga imkon beruvchi ijtimoiy "Men"imiz paydo bo‘ldi. Nihoyat, bu ikkisi ham ongli "Men"imiz tarkibiga singib ketdi; u esa bizni til, shaxsiy afsonalar va barchamizga xos bo‘lgan illyuziyalar qafasiga mahkum etdi.
G‘ishtma-g‘isht, blokma-blok biz "Men"ning shu mustahkam qal’asini bunyod etdik. Biroq hech kim bizni ogohlantirmadi: vaqt o‘tishi bilan har qanday qal’a qamoqxonaga aylanadi.
Ushbu yangi kitobda Andrey Kurpatov zamonaviy ilmiy kashfiyotlar va falsafiy qarashlarga tayangan holda, qanday qilib intellektual o‘yinlar devorlari orasida qamalib qolganimiz haqida hikoya qiladi.

