Fotih Duman(Fatih Duman) - 1987 Turkiyaning Sarkisla tumani Sivas shahrida tug'ilgan. 2010-yilda Dokuz Eylul Universitetining teologiya fakultetini tamomlagan. U oz muddat Iordan Davlat Universitetida ham taxsil olgan. Dokuz Eylul Universitetida turk-islom yo'nalishida magistraturani tamomlagan.
Uning maqolalar ko'plab jurnal, gazetalarda e'lon qilingan. Uning ba'zi kitoblari esa teatrlarda sahnalashtirilgan, uning asarlari asosida seriallar suratga olingan.
LOL
Har bir shaharning o‘z egasi borligiga ishonaman. Faqat shaharning egalari bu shaharda tug‘ilgan, bu zaminda yurgan, unda qadam dam bosganlar emas, balki bu shaharni sevgan. unga ko‘ngil qo‘yganlardir uning haqiqiy egalari, Vafot etgan bo‘lsalar ham, haligacha insonlarning qalbida yashab kelishmoqda.
Bu safar Shamsiddin Sivasiy uchun kechalarni kunduzlarga uladim. Oylar davomida u zot haqida o‘qidim, u zotni tingladim, u zot haqida o‘ylab uyquga yotdim, u zot haqidagi so‘zlar bilan uyg‘ondim. Bir shaharni sevish nima ekanligini, bir shaharga qalban bog‘lanish qanday bo‘lishini u zotdan o‘rgandim.
Aziz o‘quvchi, yana qalbimga bir dard tushdi. Ichimda bir sir bor, lekin bilmayman qayerdan keldi. Birgalikda qidirib ko‘rmaymizmi, nima deysiz? Keling, bu dardni baham ko‘ramiz. bu sirni o‘rtoqlashamiz. Zamonning alg‘ov-dalg‘ovlaridan bir chetga o‘tib, eski zamonda Sivasda uchrashamiz va Shamsiddin Sivasiy hazratlarining dargohiga boramiz.
Bu gal sizni xayolimdagi ko‘zlari ko‘r bo‘lgan bir insonning tilsiz, lol bir kotibga yozdirgan hikoyalari bilan tanishtirmoqchiman. Bu hikoyalar qalblarni fath qilish uchun yo‘lga chiqqan bir inson haqida so‘zlaydi. Qanday qilib so‘zlaydi, demoqchimisiz? Birining ko‘zlari aʼmo, ko‘rolmaydi. Ikkinchisining esa tili lol, gapirmaydi....

