• Mahsulot turi: Klaviatura stoykasi
• Konstruktsiya turi: X-tip, buklanadigan
• Balandlik sozlanishi: Bor (richag orqali)
• Kenglik sozlanishi: Bor (uzaytiriladi va qisqartiriladi)
• Mosligi: Synthesizer, MIDI klaviatura, elektr pianino
• Material: Mustahkam metall
• Oyoq tayanchlari: Charm bilan qoplangan
• Sirpanishga qarshi: Ha
• Barqarorlik: Yuqori
• Yig‘ilishi: Oson va tez
Ushbu X-tipdagi klaviatura stoykasi mustahkam metall konstruksiyaga ega bo‘lib, tez va oson yig‘iladi. Buklanadigan dizayni tufayli tashish va saqlash juda qulay. Klaviatura joylashadigan yuqori qismi kengligi bo‘yicha sozlanadi, ya’ni uni uzaytirish yoki qisqartirish mumkin, bu esa turli o‘lchamdagi sintezator, MIDI klaviatura va elektr pianinolar bilan ishlash imkonini beradi.
Stoyka balandligi o‘ng va chap tomondagi maxsus richaglar orqali boshqariladi, bu esa foydalanuvchiga klaviaturani o‘tirgan yoki tik turgan holatda qulay joylashtirishga yordam beradi. Oyoq tayanch qismlari charm bilan qoplangan bo‘lib, sirpanishni oldini oladi va pol yuzasini tirnalishdan himoya qiladi.
Uy studiyasi, professional studiya, sahna chiqishlari va mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan. Kuchli konstruktsiyasi klaviaturani barqaror ushlab turadi va uzoq muddat xizmat qiladi.






