Ushbu elektr kolodkasi uy, ofis, ustaxona yoki qurilish ishlarida elektr jihozlarini ulash uchun mo‘ljallangan. Mahsulot simsiz удлинитель turiga kiradi, ya’ni ichiga kerakli uzunlikdagi kabelni foydalanuvchi o‘zi ulaydi. Bu esa foydalanishda qulaylik yaratadi va kabel uzunligini mustaqil tanlash imkonini beradi.
Korpus mustahkam issiqqa chidamli plastikdan tayyorlangan. Rozetkalar himoya qopqoqlari bilan jihozlangan bo‘lib, chang va namlik tushishini kamaytiradi. Kolodkada 3 ta rozetka mavjud bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir nechta elektr qurilmalarini ulash imkonini beradi.
Mahsulot devorga osish uchun maxsus ilgich bilan jihozlangan. Uy sharoitida, garajda, ustaxonada yoki qurilish maydonlarida keng qo‘llanadi.
Turi: simsiz удлинитель kolodkasi
Rozetkalar soni: 3 ta
Kuchlanish: 100–250 V
Maksimal quvvat: 3500–4500 W
Korpus materiali: mustahkam plastik
Rang: qora, olov rang, yashil
Himoya: rozetka qopqoqlari mavjud
O‘rnatish: devorga osish uchun ilgich mavjud
Kabel: to‘plamga kirmaydi

