Yandex Drops sumbatli simsiz quloqchinlari Alisa AI bilan
Yandex Drops — bu o‘ziga o‘rnatilgan Alisa AI sun’iy intellektiga ega aqlli simsiz TWS quloqchinlaridir. Ushbu qurilma smartfonni cho‘ntakdan chiqarmasdan turib, ovoz orqali musiqani, qo‘ng‘iroqlarni, eslatmalarni va aqlli uy tizimini boshqarish imkonini beradi.
Quloqchinlar gibrid aktiv shovqinni so‘ndirish tizimi hamda ovozli buyruqlarni tezda qayta ishlovchi NPU-protsessor bilan jihozlangan. Ikkita 11 mm li dinamiklar chuqur va aniq ovoz beradi, 6 ta o‘rnatilgan mikrafon esa suhbat vaqtida ovozingizni tushunarli va tiniq uzatadi. Mening xotiram funksiyasi yordamida yo‘l-yo‘lakay xaridlar ro‘yxatini, g‘oyalar va muhim sanalarni ovoz orqali saqlab qo‘yishingiz mumkin.
Asosiy xususiyatlari:
- Turi: Simsiz vakuumli quloqchinlar
- Ovozli yordamchi: Alisa AI
- Dinamiklar: 11 mm (chastota diapazoni 20–20 000 Gs)
- Mikrafonlar: 6 ta (har bir quloqchinda 3 tadan)
- Ulanish: Bluetooth 5.4 (bir vaqtning o‘zida ikkita qurilmaga ulanish imkoniyati)
- Ishlash vaqti: Bir marta quvvatlashda 8 soatgacha, keys bilan birga 30 soatgacha
- Akkumulyator sig‘imi: Quloqchinlarda 46 mA·soat, keysda 520 mA·soat
- Namlikdan ximoya: IP54 (ter va suv sachrashiga chidamli)
- Boshqaruv: Sensorli va ovozli
- Quvvatlash porti: USB Type-C
Afsalliklari:
- Alisa AI bilan to‘liq integratsiya: Qo‘llardan foydalanmasdan ovoz orqali topshiriqlar berish, musiqani va aqlli uyni boshqarish.
- Mening xotiram funksiyasi: Ovozli buyrug‘ingizga ko‘ra kerakli ma’lumotlar va rejalarni saqlab qoladi.
- Uzoq ishlash vaqti: Quvvatlash keysi bilan 30 soatgacha musiqa tinglash imkoniyati.
- Qurilmalar orasida tezkor o‘tish: Noutbukda video ko‘rayotganingizda telefoningizga qo‘ng‘iroq tushsa, avtomatik ravishda telefonga ulanadi.
- Ergonomik dizayn va IP54 himoyasi: Quloqda qulay o‘tiruvchi S, M, L o‘lchamli ambushyurlar hamda faol hayot tarzi uchun namlikdan himoya.