KIN KL151 kundalik va sport uchun klipsa turidagi simsiz quloqchin. U quloq kanaliga kirmaydi: quloq chetiga yumshoq silikon ko'prik bilan qisiladi, quloq ochiq qoladi. Musiqani ham, atrofdagi ovozni ham eshitasiz: ko'chada, velosipedda, ofisda xavfsiz.
Asosiy xususiyatlar:
• Turi: ochiq turdagi klipsa (open-ear), kanalga kirmaydi
• Ko'prik: yumshoq silikon, ichida xotira po'lat sim, shaklga qaytadi
• Boshqaruv: sensorli, quloq orqasidagi korpusda
• Yoqish/o'chirish: qutidan olsangiz o'zi yoqiladi, qutiga qo'ysangiz o'chadi
• Ulanish nomi: KL-151, telefon Bluetooth ro'yxatidan tanlanadi
• Ishlash vaqti: quti bilan 20 soatgacha
• Quti batareyasi: 240 mAh
• Ranglar: Qora, Oq
• Kafolat: 6 oy
Sensorli boshqaruv:
• 1 marta tegish: qo'ng'iroqni rad etish
• 2 soniya bosib turish: ovozli yordamchi
• Chap 2 marta: oldingi qo'shiq, o'ng 2 marta: keyingi qo'shiq
• Chap 3 marta: ovoz past, o'ng 3 marta: ovoz baland
Qanday ulanadi:
1) Birinchi marta to'liq zaryadlang.
2) Quloqchinlarni qutidan oling, ikkalasi o'zi yoqiladi.
3) Telefonda Bluetooth'ni yoqing va «KL-151» ni tanlang. Ko'k chiroq yonsa, ulandi.
Zaryadlash uchun 5V/2A dan oshmaydigan oddiy zaryadlagichdan foydalaning.
To'plamda: 2 ta quloqchin, zaryad qutisi, zaryad kabeli, KIN qadog'i.

