KIN KL50: boʻyinga osiladigan simsiz quloqchin. Sportda va kuni boʻyi taqib yurish uchun: telefonni olmasangiz ham, TF kartadagi musiqa ishlayveradi.
• 48 soatgacha musiqa
• LED displey zaryad darajasini raqamda koʻrsatadi
• Type-C orqali zaryadlanadi
• TF (microSD) karta qoʻysangiz, Bluetoothsiz ham musiqa
• Mikrofon: qoʻngʻiroq uchun
• Tugmalar: yoqish 3 soniya, oʻchirish 5 soniya, ovoz va trek almashtirish uchun + va −
Qutida: quloqchin · USB-A / Type-C zaryad kabeli · yoʻriqnoma · quti.
KL50 ranglari: qora, sargʻish, toʻq firuza, ametist.
Rasmiy kafolat: 6 oy. Qutidagi QR kafolat sahifasini ochadi.
Ishlash vaqti oʻrtacha ovozda hisoblangan: ovoz qanchalik baland boʻlsa, vaqt shunchalik qisqaradi.
Bir tomoni jim boʻlsa: avval telefonda audio balansni tekshiring (Sozlamalar → Maxsus imkoniyatlar → Audio balans: oʻrtada boʻlsin). Shunda ham jim boʻlsa, qutidagi QR kodni skanerlang: kafolat sahifasida murojaat tartibi koʻrsatilgan.
Kartochkada KL118 ham bor: keng boʻyinbogʻli, 48 soatgacha, 400 mAh.


