
Elektr mexanik jihatdan birlashtirilgan konstruksiya uchqunlarsiz xavfsiz ishlashni ta'minlaydi, eskirishga chidamli motor, chiqishdagi past shovqin darajasi va quvvatni yuqori darajada o‘zgartirishi — bularning barchasi barqaror, ishonchli va xavfsiz ishlashni kafolatlaydi.

Yuqori aniqlikdagi displeyda joriy ishlash rejimi va tishli mexanizm (reduktor) tezliklari real vaqt rejimida ko‘rsatib boriladi.

Ish rejelari (rejimlari) o‘rtasida o‘tish displeyning pastki qismidagi atigi bitta tugmaga tegish orqali istalgan vaqtda amalga oshiriladi.

Drel/buragich rejimiga qarab, aniq va puxta ishlashni ta'minlash uchun maksimal burish momenti yoki tezlikni qo‘lda, alohida tartibda sozlash mumkin.

O‘rnatilgan intellektual chip qo‘llanilish vaziyatiga qarab talab qilinadigan burish momentini avtomatik ravishda tanlaydi. Vint tortib bo‘lingandan so‘ng buragich (shurupovyort) rejimi avtomatik ravishda bloklanadi, bu esa sinish yoki yoriqlar paydo bo‘lishining oldini oladi.

Xavfsiz impuls rejimi yangi boshlanuvchilar uchun juda mos keladi. Aylanishning vaqti-vaqti bilan ishga tushishi va to‘xtashi ish xavfsizligini ta'minlaydi. Bu, shuningdek, yumshoq materialga shikast yetkazish ehtimolini samarali ravishda kamaytiradi.

Bitta tugmani bosish va burish orqali drel rejimi va buragich rejimi o‘rtasida osonlikcha o‘ting. O‘rnatilgan o‘zgaruvchan tezlikka ega yaxlit metall reduktor turli xil qo‘llanilish vaziyatlaridagi turli tezlik talablariga javob beradi.

Ishga tushirish mexanizmi yordamida tezlikni cheksiz sozlash — bosish kuchi oshishi bilan tezlik asta-sekin ortib boradi. Sekin to‘xtash konstruksiyasi yuqori moment (kuch) rejimidan foydalanish vaqtida foydalanuvchini himoya qila oladi.

Silliq chiziqlarga ega korpus yuzasida ko‘rinadigan vintlar mavjud emas. Tutqich yanada qulay va xavfsiz ishlash uchun qo‘lga mukammal o‘rnashadigan qilib ishlab chiqilgan.

Sig‘imi 2000 mA·soat bo‘lgan o‘rnatilgan litiy batareya to‘liq quvvatlanganda 550 tadan ortiq o‘ziqirqadigan vintlarni (samorez) burab kirishga mo‘ljallangan.

Xiaomi 12V Max Brushless Cordless Drill burg‘isi istalgan vaqtda qulay quvvat olish uchun uzunligi 1 m bo‘lgan Type-C tezkor zaryadlash kabeli hamda universal Type-C zaryadlash ulagichiga ega adapter bilan birga yetkazib beriladi.

Xiaomi 12V Max Brushless Cordless Drill burg‘isi istalgan vaqtda qulay quvvat olish uchun uzunligi 1 m bo‘lgan Type-C tezkor zaryadlash kabeli hamda universal Type-C ulagichiga ega zaryadlash adapteri bilan birga yetkazib beriladi.

Ko‘chma saqlash g‘ilofi suvni qaytaruvchi matodan tayyorlangan. Sumkada burg‘i (drel), aksessuarlar uchun konteyner, adapter va zaryadlovchi qurilmani saqlash mumkin.

