Brittani o‘rta maktabga o‘tgach, puxta rejalashtirilgan hayoti barbod bo‘lishini xayoliga ham keltirmagan edi... Buning sababi esa mahalliy to‘da boshlig‘i Aleks Fuentes edi. U do‘stlari bilan "mukammal" Brittanini yo‘ldan urishga garov bog‘lagan edi. Ammo nima bo‘lsa... agar bu qiz o‘zini da’vo qilayotganidek bo‘lmasa-chi? Agar uning hayoti aslida ko‘ringanidek oson va go‘zal bo‘lmasa-chi? Ehtimol, bu haqiqiy Brittani Aleksni chinakamiga sevib qolar?
"Ushbu nozik va qiziqarli hikoyani oxirgi sahifasigacha qo‘lingizdan qo‘ya olmaysiz".
Kirkus, mashhur Amerika internet nashri
"Simona Elkeles abadiy syujetni hayratlanarli hikoyaga aylantirdi".
RomanticTimesMagazine, Amerika sharhlovchi sayti
Simona Elkeles - amerikalik yozuvchi, NewYorkTimes va Amazon tomonidan e’tirof etilgan o‘smirlar uchun sakkizta kitob muallifi. U birinchi ma’lumoti bo‘yicha psixolog, shuning uchun o‘smirlarni juda yaxshi tushunishi ajablanarli emas. Uning o‘zi ta’kidlashicha, o‘smirlarning hayoti va kechinmalari haqida yozish unga qiziq, chunki u 80-yillarda o‘zi ham o‘smir bo‘lganini eslaydi - "pankcha soch turmaklari va yorqin ko‘k rangli bo‘yanish" davri. Simona maktablar, kutubxonalar va konferensiyalarda ko‘plab chiqishlar qilib, o‘smirlarni o‘z orzulariga ergashishga ilhomlantiradi. Simonaning ikkita iti va ikki farzandi bor.

