Yo‘q, men aslo dostonlardagi qahramon qizlarga o‘xshamayman. Ukam bilan ochlikdan o‘lib ketmasligimiz uchun o‘g‘rilik qilishga majburman. Hatto odam o‘ldirishga ham — aks holda, o‘zim halok bo‘laman. Ochig‘ini aytsam, bu ishni juda uddabironlik bilan bajaraman; axir, hamon tirikman-ku. Kumush Shaharning jazirama quyoshlari ostida — kambag‘allar bir qultum suv uchun kurashadigan va o‘lmas malika istalgan odamning jonini hech ikkilanmay oladigan bu joyda — shunchaki tirik qolishning o‘ziyoq mo‘jizadek tuyuladi. Men yana metallning pichirlashlarini ham eshita olaman; bu — jonimga xavf solishi mumkin bo‘lgan sir, chunki shahrimizda har qanday sehr turi taqiqlangan. Ammo eng og‘ir vaziyatlarda ham umidni uzmaslik kerak, shunday emasmi?

