Sifatli eko charmli bloknot daftar — zamonaviy va nafis dizaynga ega bo‘lib, kundalik foydalanish uchun qulay. Tashqi qoplamasi sifatli eko charmdan tayyorlangan bo‘lib, bloknotga chiroyli ko‘rinish va mustahkamlik beradi. 200 varoqdan borat bo‘lib, kundalik yozuvlar, reja va maqsadlarni qayd etish, muhim eslatmalar, ish va o‘qish jarayonidagi yozuvlar uchun mos keladi. Ixcham va qulay shakli tufayli uyda, ofisda, o‘qishda yoki safarda foydalanish mumkin. Klassik va universal dizayni uni shaxsiy foydalanish hamda sovg‘a sifatida taqdim etish uchun ham mos qiladi.

